O‘QUV KURSI XIZMATLARINI KO‘RSATISH BO‘YICHA
OMMAVIY OFERTA (SHARTNOMA)
Shartnomani imzolash
Toshkent sh. 01.01.2026-y.I. UMUMIY QOIDALAR1.1. Mazkur hujjat “Qadam EDU” mas’uliyati cheklangan jamiyati (keyingi o‘rinlarda — “Ijrochi”) tomonidan har qanday jismoniy va yuridik shaxsga (keyingi o‘rinlarda — “Tinglovchi”) o‘quv kurslarida ta’lim berish xizmatlarini ko‘rsatish bo‘yicha rasmiy taklif (Ommaviy oferta) hisoblanadi.1.2. O‘zbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining 367 va 370-moddalariga muvofiq, ushbu ofertada ko‘rsatilgan shartlar asosida to‘lovni amalga oshirgan shaxs mazkur ofertani akseptlagan (qabul qilgan) hisoblanadi va shartnoma qonuniy kuchga kiradi.1.3. Taqdim qilinayotgan ushbu ofertada shartnomaning muhim shartlari ifoda qilingan.1.4. Ushbu ommaviy oferta matnini diqqat bilan o‘qing va xizmatlar ro‘yxati va narxi bilan tanishing. Agar siz taklifning biron bir bandiga rozi bo‘lmasangiz, “ijrochi” sizni xizmatlardan foydalanishni rad etishga va mazkur ofertani qabul qilmaslik huquqingiz borligi tushuntiriladi.1.5. Ushbu ommaviy ofertani qabul qilgan (akseptlagan) shaxs shu bilan O‘zbekiston Respublikasining amaldagi qonunchiligiga muvofiq ommaviy oferta tuzish uchun barcha vakolatlarga ega ekanligini tasdiqlaydi va mustaqil ravishda to‘liq javobgar bo‘ladi.1.6. “Ijrochi” mazkur ommaviy oferta (shartnoma) shartlarini bir tomonlama o‘zgartirishi va (yoki) to‘ldirish huquqini o‘zida saqlab qoladi. 1.7. Agar “ijrochi” boshqa tartibni nazarda tutmagan bo‘lsa, yangi narxlar “ijrochi”ning veb-saytida www.qadam.education elektron manzilida yoki https://t.me/qadameducationda Telegram kanalida e'lon qilingan paytdan e'tiboran kuchga kiradi. Oferta shartnomaning joriy versiyasi bilan muntazam tanishish “tinglovchi”ning zimmasidadir. 1.8. “Tinglovchi” tomonidan “ijrochi”ning oferta shartnomasini tuzish to‘g‘risidagi taklifini (ofertani qabul qilish) to‘liq va so‘zsiz qabul qilish vaqti www.qadam.education veb-saytidagi “To‘lash” tugmasini bosish orqali yoki “ijrochi”ning ofisiga kelganida taklifni tasdiqlovchi kvitansiyani imzolash orqali “ijrochi”ning xizmatlari uchun haq to‘lashga tayyorligini tasdiqlash hisoblanadi.Ommaviy oferta(shartnoma)ning joriy versiyasi “ijrochi”ning www.qadam.education veb-sayti yoki https://t.me/qadameducation Telegram kanalida mavjud. II. SHARTNOMA PREDMETI2.1. “Ijrochi” o‘quv kursi xizmatlarini ko‘rsatish va “tinglovchi” esa ishlab chiqilgan o‘quv dasturi (keyingi o’rinlarda “kursi” deb yuritiladi) va rejasiga muvofiq ta’lim olish hamda ko‘rsatilgan xizmatlar uchun to‘lovlarni amalga oshirish majburiyatini oladi. III. TA’LIM SHARTLARI VA TARTIBI3.1. Ushbu masofaviy ta'lim xizmatlari onlayn yoki an’anaviy offline formatda taqdim etilishi mumkin.3.2. “Tinglovchi” ushbu shartnomada nazarda tutilayotgan (5.1.1-band) to‘lovni amalga oshirgandan so‘ng, “ijrochi” darslar jadvaliga muvofiq xizmat ko‘rsatishni boshlaydi. 3.3. “Ijrochi” dars boshlashda “tinglovchi”ni 10 (o‘n) daqiqa kutadi. Agar “tinglovchi” kelmasa yoki onlayn tarzda oldindan kelishilgan platformaa ulanmasa, “ijrochi” darsni boshlash huquqiga ega va xizmat ko‘rsatilgan hisoblanadi.3.4. “Ijrochi” dars boshlanishidan kamida 2 (ikki) soat oldin xabardor qilib, darsni boshqa qulay vaqtga ko‘chirish huquqiga ega. 3.5. Kurs yakunida “Tinglovchi”ga sertifikat taqdim qilinishi mumkin. IV. TARAFLARNING HUQUQ VA MAJBURIYATLARI4.1. “Ijrochi”ning majburiyatlari:4.1.1. Mazkur shartnoma bo‘yicha ko‘rsatiladigan ta’lim xizmatlari uchun belgilangan to‘lovlar “ijrochi”ning hisob raqamiga kelib tushganidan keyin shartnoma tuzilgan muddatda o‘qitish;4.1.2. “Tinchlovchi” uchun kurs dasturini o‘zlashtirishi uchun o’quv-rejasi asosida zarur shart-sharoitlarni yaratishi va kurslarni malakali mutaxassislar boshchiligida o‘tkazish;4.1.3. “Ijrochi” o‘quv xizmatlarini ko‘rsatish uchun mo‘ljallangan maxsus platformada o‘quv xizmatlarini taqdim etish; (Agar o‘quv rejasida ko‘zda tutilmagan bo‘lsa, ijrochi qo‘shimcha xizmatlarni taqdim etishga yoki boshqa dasturiy ta'minotga kirishni ta’minlab berishga majbur emas.)4.2. “Ijrochi”ning huquqlari:4.2.1. “Ijrochi” “tinglovchi”ga masofaviy ta'lim xizmatlarini onlayn yoki an’anaviy offline formatda taqdim etish huquqiga ega. Shu bilan birga, “ijrochi” “tinglovchi”ning masofaviy ta'limga texnik tayyorgarligi uchun javobgar emas. Masofaviy onlayn formatda xizmatlar ko‘rsatish “ijrochi”ning xizmatlari narxini kamaytirmaydi. Masofaviy onlayn formatda xizmatlar ko'rsatishda uchinchi shaxslar kurslarni o'tkazish uchun o'quv jarayoniga jalb qilinishi;4.2.2. “Tinglovchi” o‘zini odobsiz tutsa yoki boshqa ishtirokchilarga xalaqit bersa, uni darsdan chetlashtirish mumkin.4.3. “Tinglovchi”ning majburiyatlari:4.3.1. “Tinglovchi” shartnomada ko‘rsatilgan xizmatlar uchun o‘z vaqtida to‘lovni amalga oshirishi;4.3.2. “Tinglovchi” “ijrochi”ning mol-mulkiga yetkazilgan zararni O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlariga muvofiq qoplashi;4.3.3. “Ijrochi”ning xodimlari, texnik, ma’muriy-xo‘jalik, yordamchi va boshqa toifa xodimlariga hurmat bilan munosabatda bo‘lishi;4.3.4. Shartnoma shartlari qabul qilingandan keyin “tinglovchi” o‘quv jadvaliga muvofiq kurs boshlanishi belgilangan muddatda yetib kelishi, qatnashishi yoki onlayn platformada ishtirok etish majburiyatini oladi;4.3.5. “Tinglovchi” tomonidan “ijrochi”ning hamkorlari orqali kurslar bo‘lib-bo‘lib yoki kredit asosida sotib olingan bo‘lsa, tinglovchi kurslarga qatnashuvidan qat’iy nazar, ushbu hamkorlar bilan tuzilgan shartnomaga asosan qarzlarini to‘lov grafikiga muvofiq qaytarishga majbur.4.4. “Tinglovchi”ning huquqlari:4.4.1. “Tinglovchi” “ijrochi”dan shartnomada nazarda tutilgan xizmatlarni tashkil etish va to‘g‘ri bajarilishini ta‘minlash to‘g‘risida ma‘lumot berishni talab qilishi;4.4.2. “Tinglovchi” kurslardagi o‘quv jarayoni bilan bog‘liq masalalar bo‘yicha “ijrochi”ning xodimlari bilan bog‘lanishi;4.4.3. “Tinglovchi” “ijrochi”ning o‘quv jarayonini amalga oshirish uchun zarur bo‘lgan mulkidan jadvalda nazarda tutilgan darslar vaqtida foydalanishi; 4.4.5. Agar “tinglovchi”ning shartnoma tuzilgandan keyin o‘qishni boshlashga imkoniyati bo‘lmasa u shartnomaning 5.2.3-bandida belgilangan huquqlarga ega. V. TO‘LOV SHARTLARI VA QAYTARISH TARTIBI5.1. Shartnomaning to‘lov shartlari:5.1.1. “Tinglovchi”ning “Qadam EDU” mas’uliyati cheklangan jamiyati bilan tuzilgan _______________________________________________________ yo‘nalishidagi o‘quv kursi bo‘yicha o‘qitish uchun oferta shartnoma summasi jami 10 000 000 (o‘n million) so‘mni tashkil etadi. 5.1.2. “Tinglovchi” tomonidan shartnoma tuzilgan kundan boshlab 3 ish kuni ichida o`quv narxining 100% miqdorini oldindan to‘lov orqali amalga oshiriladi.5.1.3. Agar “tinglovchi” o‘quv kursi uchun to‘lovni “ijrochi”ning hamkorlari (mikromoliya tashkilotlari) orqali bo‘lib-bo‘lib to‘lash yoki kredit asosida rasmiylashtirilgan taqdirda, shartnoma tuzilgan (yoki tasdiqlangan) vaqt to‘lov qilingan sana hisoblanadi. 5.1.4. Shuningdek, “tinglovchi” ushbu shartnomada nazarda tutilgan xizmatlar uchun ijrochining www.qadam.education elektron manzilida yoki https://t.me/qadameducation Telegram kanalida ko‘rsatilgan narxlarni to‘laydi5.1.5. Xizmatlar uchun to‘lov tinglovchiga kurslarda o‘qish uchun to‘lovni amalda oshirganligini tasdiqlovchi hujjatni taqdim etish orqali tasdiqlanadi.5.2. To‘lovlarning qaytarish tartibi:5.2.1. Shartnoma-oferta akseptlangandan va xizmat ko‘rsatish boshlangandan so‘ng, to‘langan mablag‘lar qaytarilmaydi, mazkur shartnomada ko‘zda tutilgan holatlar bundan mustasno.5.2.2. Istisno tariqasida “tinglovchi” quyidagi sabablarga ko‘ra o‘quv kursini davom ettirolmaganida, “ijrochi” tomonidan uning o‘qigan muddati uchun haqiqatda sarflangan xarajatlar chegirilgan holda amalga oshirilgan to‘lovning qolgan qismi shartnomaning tegishli tarafning (qonuniy vakili yoki boshqa ishongan shaxsi) yozma arizasi asosida qaytarib beriladi:a) agar tinglovchining boquvchisi kursga to‘lov o‘tkazilgan sanadan so‘ng lekin kurs tugagunga qadar vafot etgan bo‘lsa yoki sud tomonidan vafot etgan deb tan olinsa;b) ijrochi tomonidan uni aybi bilan to‘lov o‘tkazilgan kundan 5 (besh) ish kuni ichida kurslarni o‘tish uchun mo‘ljallangan platformaga kirish taqdim etilmagan bo‘lsa;v) salomatligi tufayli (kasalxonadan chiqarilganligi haqida ko'chirma, tibbiy mehnat ekspert komissiya ma’lumotnomasi asosida (TMEK));g) sud hukmi bilan ozodlikdan mahrum etilganligi munosabati bilan;d) agar tinglovchining o‘zi vafot etgan bo‘lsa. Bunda o‘tkazilgan to‘lov miqdori tinglovchining huquqiy vorislariga qaytarilishi mumkin.5.2.3. Agar “tinglovchi” kurslar uchun to‘lovini amalga oshirsa, ushbu to‘lov tinglovchining depoziti deb hisoblanadi va u keyingi 3 (uch) oy ichida quyidagi huquqlarga ega bo‘ladi- agar kurs boshlanmagan bo‘lsa va “tinglovchi” hech qanday darsda qatnashmagan bo‘lsa, depozitni uchinchi shaxsga o‘tkazishga;- “ijrochi” bilan kelishilgan holda kurslarda o‘qishni boshqa muddatga qoldirishga;- “ijrochi” uchun faol bo‘lgan boshqa yo‘nalish bo‘yicha lozim bo‘lgan to‘lovlarni qoplab o‘quv kursini o‘tishga haqli.Boshqa hollarda, shuningdek, ushbu bandda ko‘rsatilgan muddatda depozitdan foydalanilmagan taqdirda, kurslarda o‘qitish uchun to‘langan to‘lov (to‘lov/depozit) “ijrochining” mulkiga aylanadi va qaytarib berilmaydi. VI. SHARTNOMANING AMAL QILISH MUDDATI6.1. Shartnoma taraflar tomonidan imzolangan vaqtda boshlab kuchga kiradi va ushbu shartnomada nazarda tutilgan o‘qish muddati yakuniga qadar amal qiladi. VII. SHARTNOMANI O‘ZGARTIRISH VA BEKOR QILISH TARTIBI HAMDA BOSHQA SHARTLARI7.1. “Ijrochi” mazkur ommaviy oferta (shartnoma) shartlarini bir tomonlama o‘zgartirishlar kiritishga haqli. Shartnomaning yangi tahriri “ijrochi”ning rasmiy veb-saytida yoki telegram ilovasida (kamida 3 ish kuni oldin) e’lon qilingan vaqtdan boshlab yuridik kuchga ega deb hisoblanadi. “Tinglovchi”lar shartnoma shartlaridagi o‘zgarishlarni mustaqil ravishda kuzatib borish majburiyatini o‘z zimmalariga oladilar. Shartnoma o‘zgartirilgandan keyin xizmatlardan foydalanishda davom etish — “tinglovchi” tomonidan yangi shartlar to‘liq qabul qilinganligini (aksept) anglatadi.Kiritilgan o‘zgartirishlar orqaga qaytish kuchiga ega emas, ya’ni ular faqat o‘zgarish kuchga kirgandan keyingi munosabatlarga amal qiladi.7.2. Agar “tinglovchi” shartnomaga kiritilgan o‘zgartirishlarga rozi bo‘lmasa, zudlik bilan shartnomani bekor qilish to‘g‘risida xabaronoma “ijrochi”ga yuborishi shart.7.3. Shartnoma quyidagi hollarda bekor qilinishi mumkin:a) tomonlarning o‘zaro kelishuvi asosida bunda, “ijrochi” tomonidan qilingan xarajatlar chegiriladi;b) shartnomaning 5.2.2. - bandida ko‘rsatib o‘tilgan holatlarda;v) tomonlardan biri shartnoma shartlarini lozim darajada yoki butunlay bajarmaganda;7.4. Shartnomani bekor qilish tashabbusi bilan har ikki taraflardan biri chiqishi mumkin. Bunda shunday tashabbus bilan chiqqan taraf qolgan tarafga shartnomani bekor qilish istagini bildirgan sanadan kamida 15 (o‘n besh) ish kuni oldin yozma ravishda xabardor qilishi shart.7.5. Shartnomaning 5.1.2-bandida nazarda tutilgan to‘lov muddatlari o‘tganidan keyin 3 ish kun mobaynida “Ijrochi”ning hisob-raqamiga to‘lov pullari kelib tushmagan taqdirda, shartnoma “Ijrochi” tomonidan bir tomonlama bekor qilinadi.Agar “tinglovchi” o‘zini noto'g'ri tutgan, shu jumladan dars paytida, xususan, standart xulq-atvor normalariga mos kelmaydigan munosabat, hurmatsizlik yoki tajovuzkor xatti-harakatlar, o‘qituvchiga va/yoki boshqa ishtirokchilarga qo‘pol munosabatda bo‘lganda;ommaviy axborot vositalari va boshqa internet axborot resurslari orqali “tinglovchi”ga nisbatan asossiz ayblovchi materiallar, tuhmat va yolg‘on ma‘lumotlar tarqatilsa;“Tinglovchi” tomonidan shartnoma shartlarini lozim darajada yoki butunlay bajarmagan deb hisoblanadi.7.6. Tomonlar shartnoma shartlarini buzganlik uchun javobgarlikdan quyidagi hollarda ozod qilinadi, agar bunday buzilish fors-major holatlari, jumladan:davlat organlarining harakatlari, yong‘in, suv toshqini, zilzila, boshqa ta’biy ofat hodisalari, elektr energiyasining yetishmasligi, ish tashlashlar, fuqarolar tartibsizliklari, epidemiyalar, sanab o'tilganlar bilan cheklanmagan, “ijrochi”ning shartnomani bajarishiga ta‘sir qilishi mumkin bo‘lgan har qanday boshqa holatlar sodir etilganda. VIII. TARAFLARNING JAVOBGARLIGI NIZOLARNI HAL ETISH TARTIBI8.1. Mazkur shartnoma bo‘yicha yuzaga keladigan barcha noaniqliklar va kelishmovchiliklar taraflar o‘rtasida o‘zaro muzokaralar yo‘li bilan hal qilinadi.8.2. Taraflar o‘rtasida yuzaga kelgan nizo va kelishmovchiliklarni o‘zaro muzokaralar yo‘li bilan hal etishning imkoni bo‘lmagan taqdirda, ushbu nizolar O‘zbekiston Respublikasining amaldagi qonunchiligi asosida “ijrochi” joylashgan manzildagi tegishli sudda ko‘riladi. IX. FORS-MAJOR HOLATLARI9.1. Taraflar ixtiyoriga bog‘liq bo‘lmagan, ularni oldindan bilish yoki oldini olish imkoniyati bo‘lmagan holatlar (yengib bo‘lmas kuch) oqibatida majburiyatlarni bajarmaganlik yoki lozim darajada bajarmaganlik uchun taraflarning birortasi ikkinchi taraf oldida javobgar bo‘lmaydi. Vakolatli organ tomonidan berilgan maxsus hujjat yengib bo‘lmas kuch mavjudligi va amal qilishining davomiyligini tasdiqlash uchun yetarli hujjatdir. X. BOSHQA HOLATLAR10.1. “Tinglovchi” “ijrochi”ning kurslariga tashrif buyurish/sotib olish/o'tish (“ijrochi” tomonidan xizmatlar ko‘rsatish) natijasida “tinglovchi” tomonidan sarflangan har qanday yo‘qotishlar uchun javobgar bo‘lmaydi.10.2. “Ijrochi” bu bilan “tinglovchi”ga har qanday imtihonlar, suhbatlar yoki ishga joylashishdan muvaffaqiyatli o‘tishi hamda faoliyatida erishishi mumkin bo‘lgan daromadlar uchun hech qanday kafolat bermaydi.10.3. Mazkur shartnomada qayd etilmagan barcha holatlar O‘zbekiston Respublikasining amaldagi qonunchiligiga asosan amalga oshiriladi.10.4. O‘quv kursi xizmatlari uchun to‘lovlar O‘zbekiston Respublikasining milliy valyutasi – so‘mda amalga oshiriladi.10.5. To‘lovlar “ijrochi”ning hisob raqamiga pul ko‘chirish, naqd yoki to‘lov terminali orqali amalga oshiriladi.10.6. Ushbu shartnoma bir xil yuridik kuchga ega bo‘lgan ikki nusxada tuzilib, taraflarning har birida bir nusxadan saqlanadi. XI. TOMONLAR O’RTASIDAGI MULOQOT11.1. Tomonlar o‘rtasidagi muloqot, qoida tariqasida, elektron formatda amalga oshiriladi. Tomonlardan biri boshqa tomonga yuborishi kerak bo‘lgan har qanday xabar quyidagi usullardan biri bilan yetkazilishi kerak:Elektron pochta manzillari bo‘yicha: bunday xabar adresat bunday xabarni olgan kuni yetkazilgan deb hisoblanadi.Tinglovchining shaxsiy kabinetiga (agar mavjud bo‘lsa): bunday xabarlar ijrochi tomonidan yuborilishi mumkin. Bunday xabar yuborilgan kundan keyingi kuni soat 9:00 da yetkazilgan deb hisoblanadi.Kuryer pochtasi orqali jismoniy tashuvchilarda: bunday xabarlar qabul qiluvchi tomonidan olingan kuni yetkazilgan hisoblanadi.11.2. Ijrochi” “tinglovchi”ga uning xizmatlaridan foydalanishni ta‘minlaydigan umumiy aloqa kanallari yoki xizmatlar sifati uchun javobgar emas.11.2. Barcha xabarlar shartnomaning 11.1-bandida sanab o‘tilgan usullardan biri bilan to‘g‘ri yetkazib berilgan holda to‘liq yuridik kuchga ega. XII. INTELLEKTUAL MULK VA SHAXSGA DOIR MA’LUMOTLAR12.1. “Tinglovchi” tomonidan xizmatlar ko‘rsatish jarayonida olingan barcha ma'lumotlar (o‘qitish usullari, tarqatma materiallar va boshqalar) “ijrochi”ning intellektual mulki ekanligini tasdiqlaydi.12.2. “Tinglovchi” “ijrochi”ning intellektual mulkini qayta ishlab chiqarmaslik, sotmaslik, litsenziyalash, tarqatmaslik yoki boshqa yo'l bilan uchinchi shaxslarga bermaslik, moslashtirmaslik yoki dekompilyatsiya qilmaslik majburiyatini oladi. “Tinglovchi”, shuningdek, xizmatlarni taqdim etish jarayonida (jumladan: matn, dizayn elementlari, grafik tasvirlar, shuningdek, sayt va/yoki platformaning dastur kodi, yoki sayt va/yoki platforma kontenti) veb-saytda (ixtisoslashtirilgan platformalarda) joylashtirilgan va/yoki “ijrochi” tomonidan boshqacha tarzda namoyish etilgan intellektual faoliyat natijalaridan “ijrochi”ning oldindan yozma roziligisiz foydalanishga haqli emas.12.3. “Tinglovchi”ga saytga (ixtisoslashtirilgan platformalarga) kirishni va/yoki darslarni yozib olishni ta'minlash faqat shartnoma bo‘yicha xizmatlarni to‘g‘ri ko'rsatish maqsadida amalga oshiriladi va saytga va/yoki platformaning tarkibiy qismlari huquqlarni o'tkazishni nazarda tutmaydi. Ushbu shartnoma shartlariga muvofiq, “ijrochi”tomonidan “tinglovchi”ga ushbu bo‘lim yoki shartnoma shartlari buzilganligi yoki shubhasi bo‘lgan taqdirda, saytga va/yoki ixtisoslashtirilgan platformalarga kirish to‘xtatiladi (cheklanadi).12.4. Intellektual mulk huquqi buzganlik holati aniqlanganda “ijrochi” “tinglovchi”dan barcha hujjatlashtirilgan yo'qotishlar miqdorini 1000 (ming) bazaviy hisoblash miqdorida jarimani sud tartibida undirishga haqli.XVIII. BAJARUVCHI VA ALOQA MA'LUMOTLARI HAQIDAGI TAFSILIKLARBajaruvchi: ООО «QADAM EDU»Manzil: г. Ташкент, Мирабадский район, Афросиаб-2STIR 311034759,IFUT 89590H/r: 20208000905739484001Bank: АО «ANOR BANK», MFO 01183Telefon: +99878 113 66 88Direktor: I. R. Kurbanov