2.1. Shaxsga doir maʼlumotlarga avtomatlashtirilgan ishlov berish - shaxsga doir maʼlumotlarga hisoblash texnikasi vositalari yordamida ishlov berish.
2.2. Shaxsga doir maʼlumotlarni blokirovka qilish - shaxsga doir maʼlumotlarga ishlov berishni vaqtincha toʻxtatish (ishlov berish shaxsga doir maʼlumotlarni aniqlashtirish uchun zarur boʻlgan hollar bundan mustasno).
2.3. Veb-sayt - https://qadam.education tarmoq manzili boʻyicha internet tarmogʻida ularning mavjudligini taʼminlovchi grafik va axborot materiallari, shuningdek, kompyuter dasturlari va maʼlumotlar bazalari majmui.
2.4. Shaxsga doir maʼlumotlar bazasi - elektron, qogʻoz va (yoki) boshqa moddiy tashuvchida tashkil etilgan shaxsga doir maʼlumotlar majmui.
2.5. Shaxsga doir maʼlumotlar axborot tizimi - maʼlumotlar bazalarida mavjud shaxsga doir maʼlumotlar va ularga ishlov berishni taʼminlovchi axborot texnologiyalari hamda texnik vositalar majmui.
2.6. Shaxsga doir maʼlumotlarni shaxssizlantirish - natijasida qoʻshimcha axborotdan foydalanmasdan shaxsga doir maʼlumotlarning muayyan Foydalanuvchiga yoki shaxsga doir maʼlumotlarning boshqa subyektiga tegishliligini aniqlash imkoni boʻlmay qoladigan harakatlar.
2.7. Shaxsga doir maʼlumotlarga ishlov berish - shaxsga doir maʼlumotlarni avtomatlashtirish vositalaridan foydalangan holda yoki bunday vositalardan foydalanmasdan yigʻish, tizimlashtirish, saqlash, oʻzgartirish, toʻldirish, foydalanish, taqdim etish, tarqatish, uzatish, shaxssizlantirish, blokirovka qilish va yoʻq qilish boʻyicha bir yoki bir nechta harakatni amalga oshirish.
2.8. Shaxsga doir maʼlumotlar bazasining mulkdori - shaxsga doir maʼlumotlar bazasiga egalik qiluvchi, undan foydalanuvchi va uni tasarruf etuvchi davlat organi, jismoniy va (yoki) yuridik shaxs.
2.9. Shaxsga doir maʼlumotlar bazasining operatori - shaxsga doir maʼlumotlarga ishlov berishni amalga oshiruvchi davlat organi, jismoniy va (yoki) yuridik shaxs. Ushbu Siyosatda Operator deganda Veb-sayt Foydalanuvchilarining shaxsga doir maʼlumotlar bazasi mulkdori va (yoki) operatori sifatida faoliyat yuritayotgan «QADAM EDU» MChJ tushuniladi.
2.10. Shaxsga doir maʼlumotlar - elektron, qogʻoz va (yoki) boshqa moddiy tashuvchida qayd etilgan, muayyan jismoniy shaxsga taalluqli yoki uni identifikatsiya qilish imkonini beruvchi axborot, jumladan, https://qadam.education veb-saytining Foydalanuvchisiga taalluqli axborot.
2.11. Shaxsga doir maʼlumotlar subyekti - shaxsga doir maʼlumotlar taalluqli boʻlgan jismoniy shaxs.
2.12. Shaxsga doir maʼlumotlar subyektining roziligi - jismoniy shaxsning oʻziga doir maʼlumotlarga ishlov berilishiga yozma, elektron yoki boshqa shaklda bildirilgan ixtiyoriy irodasi.
2.13. Shaxsga doir maʼlumotlarning ommaviy manbalari - shaxsga doir maʼlumotlar subyektining roziligi bilan cheklanmagan doiradagi shaxslar foydalanishi uchun ochiq qilingan manbalar (maʼlumotnomalar, manzil kitoblari, ommaviy roʻyxatlar va boshqalar).
2.14. Foydalanuvchi - https://qadam.education veb-saytiga tashrif buyuruvchi har qanday shaxs.
2.15. Shaxsga doir maʼlumotlarni taqdim etish - shaxsga doir maʼlumotlarni muayyan shaxsga yoki muayyan doiradagi shaxslarga oshkor etishga qaratilgan harakatlar.
2.16. Shaxsga doir maʼlumotlarni tarqatish - shaxsga doir maʼlumotlarni nomaʼlum doiradagi shaxslarga oshkor etishga qaratilgan har qanday harakatlar, jumladan, shaxsga doir maʼlumotlarni ommaviy axborot vositalarida eʼlon qilish, axborot-telekommunikatsiya tarmoqlarida joylashtirish yoki shaxsga doir maʼlumotlardan foydalanish imkonini boshqa usulda berish.
2.17. Uchinchi shaxs - shaxsga doir maʼlumotlar subyekti, mulkdori yoki operatori boʻlmagan, ammo ular bilan shaxsga doir maʼlumotlarga ishlov berish holatlari yoki huquqiy munosabatlari orqali bogʻlangan shaxs.
2.18. Shaxsga doir maʼlumotlarni transchegaraviy uzatish - shaxsga doir maʼlumotlarni Oʻzbekiston Respublikasi hududidan tashqariga uzatish.
2.19. Shaxsga doir maʼlumotlarni yoʻq qilish - natijasida shaxsga doir maʼlumotlar axborot tizimida shaxsga doir maʼlumotlar mazmunini keyinchalik tiklash imkoniyatisiz butunlay yoʻq qilinadigan va (yoki) shaxsga doir maʼlumotlarning moddiy tashuvchilari yoʻq qilinadigan har qanday harakatlar.